AsosiyJamiyat

ZIYoRAT TURIZMI BO`YIChA ASSOSIASIYa TAShKIL ETILADI

' ZIYoRAT TURIZMI BO`YIChA ASSOSIASIYa TAShKIL ETILADI'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining xabarlariga ko`ra, mamlakatimizda ziyorat turizmi assosiasiya tashkil etish bo`yicha sa`y-harakatlar boshlangan. Bu haqda O`zbekiston Islom sivilizasiyasi markazi direktori Sh.Minovarov ma`lum qildi.


Mamlakatimizda ziyorat turizmini tashkil etish bo`yicha qilinayotgan ishlarni jadallashlatirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi va yurtimizdagi eng etakchi sayyohlik firmalar ishtirokida ishchi yig`ilish o`tkazildi.

Unda turizm sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirgan holda yurtimizga keladigan sayyohlar oqimini ko`paytirish yo`nalishida ziyorat turizmi tashkil etilayotganini ta`kidladi.

Shuningdek, musulmon davlatlari, ayniqsa, Malayziya, Indoneziya kabi mamlakatlardan O`zbekistondagi muqaddas qadamjolarga sayyohlarni jalb qilish bo`yicha ishlar jadal ketayotganini alohida qayd etdi. Sh.Minovarov so`zida davom etib, bu bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, O`zbekiston musulmonlari idorasi, “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi, “O`zbekturizm” tashkiloti bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilayotganini ma`lum qildi.

Majlis ishtirokchilari yig`ilishda so`zga chiqib, ziyorat turizmi bo`yicha gidlarni qayta tayyorlash, ma`lumotnoma kitobchalarining yangi tahririni nashr etish, tarqatma materiallar, bukletlar, bannerlar, slaydlar tayyorlash, muborak qadamjolarni ziyorat etish odoblarini ishlab chiqish, aeroport va viza berish xizmatlarini engillashtirish hamda xorijiy hamkorlar, elchixonalar bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan o`z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Shuningdek, ziyorat turizmi bo`yicha xorij davlatlari tajribasini o`rganish, chet el mamlakatlarida tashkil etilayotgan sayyohlik ko`rgazmalarida qatnashish va reklama tadbirlarini samarali tashkil etish bo`yicha takliflar qo`llab-quvvatlandi.

    Boshqa yangiliklar