Bugun Toshkent shahrida bo`lib o`tgan Mustaqil davlatlar hamdo`stligi elektr energetika Kengashining 51-majlisi kun tartibiga muvofiq, MDHga a`zo davlatlarning energetika tizimini 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta`minlash to`g`risida ma`ruzalar tinglandi.

MDHga a`zo davlatlarning tegishli vazirliklari, elektr energetika kompaniyalari rahbarlari, MDH Ijroiya qo`mitasi, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda elektr energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, bu jarayonda huquqiy-texnik zaxirani modernizasiya qilish va uyg`unlashuvini ta`minlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumida Hamdo`stlik davlatlari energetika tizimlarining barqaror ishlashini ta`minlash to`g`risida ma`ruzalar tinglandi.
Bundan tashqari, tadbir davomida elektr energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan, «MDH doirasida elektr energetika sohasidagi xalqaro shartnomalar, hamda MDH Elektr energetika Kengashining me`yoriy va texnik hujjatlari to`g`risida»gi, «Ishchi guruhning energosamaradorlik va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo`yicha hujjatlari to`g`risida» ko`rib chiqildi.
Majlis yakuni bo`yicha MDH Elektr energetika kengashining qarorlari imzolandi.






