Qishda muzlagan erda toyilib ketishi odatiy hol. Bunda kimdir qo`lini, kimdir oyog`ini sindirib olishini eshitganmiz. Boshqa birov yiqilsa-da, hech narsa qilmaydi. Sababi – suyaklarning mo`rt yoki mustahamligidadir. Suyaklar baquvvat bo`lishi uchun uchun quyidagi mahsulotlarni tanovul qilib turishni tavsiya etamiz.
Yogurt
Suyaklarni mustahkamlaydigan eng yaxshi sut mahsuloti. Unda kalsiy, D vitamini mavjud. Bundan tashqari, yogurt oqsil manbai ham hisoblanadi.
Pishloq
Sut mahsulotlari ichida eng ko`p kalsiy pishloq tarkibida bo`ladi, lekin uni ko`p eyish tavsiya etilmaydi.
Ismaloq
Ismaloq tarkibida K vitamini, kalsiy, kaliy, magniy, fosfor, V guruhi vitaminlari mavjud. Shuningdek, ishtaha ochadigan S darmondorisi ham bisyor.
Soya
Uning tarkibida ham kalsiy miqdori ko`p. Ikkinchidan, unda osteoporozning oldini oluvchi estrogenlar mavjud.
Karam
100 gramm tuzlangan karam tarkibida kunlik kalsiy me`yorining 25 foizi mavjud.
Boshoqlilar
Bu mahsulotlarda V guruhi vitaminlari bor. Ular orasida eng yaxshisi devzira guruch sanaladi. Shuningdek, boshoqlilar tarkibida kalsiy, magniy, fosfor ham mavjud.
Yodda tuting! Bir marta ovqat iste`mol qilinganda atigi 500 mg kalsiy o`zlashtiriladi. Shuning uchun kalsiyga boy mahsulotlarni ko`p iste`mol qilishning hojati yo`q.
Suyaklar uchun zararli mahsulotlar:
— kofein,
— shirinliklar,
— nordon mahsulotlar va sharbatlar,
— spirtli ichimliklar





