Poytaxtning Mirobod tumanida qandolat ishlab chiqarish sexi tom qismining 350 kvadrat metr maydoni yonib ketdi.
2017 yil 1 noyabr kuni soat 19:40 da, Mirobod tumani, Qo`shko`prik ko`chasi 22-uyda joylashgan “Qushtili” MChJga qarashli qandolat ishlab chiqarish sexida yong`in yuz bergan.
Ko`rsatilgan manzilga soat 19:41 da, Toshkent shahar garnizonidan 9 ta asosiy va 1 ta maxsus yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari yuborilgan.
Jangovar bo`linmalar tomonidan ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 20:28 da qurshab olinib, soat 20:56 da to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in oqibatida qandolat ishlab chiqarish sexi tom qismining 350 kv.m maydoni yonib ketgan, halok bo`lganlar va jabrlanganlar yo`q.
Yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







