AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON YoShLAR ITTIFOQI XODIMI HOKIM O`RINBOSARI ETIB TAYINLANDI

'O`ZBEKISTON YoShLAR ITTIFOQI XODIMI HOKIM O`RINBOSARI ETIB TAYINLANDI'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi xodimi Uchtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy masalalar bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi. 29 yoshli Bobur Mirzaevga ushbu mas`uliyatli vazifa ishonib topshirildi, deya ma`lum qilindi tashkilotning Facebook‘ sahifasida.

Sir emaski, Prezidentimizning yosh avlodga bo`lgan yuksak ishonchlari tufayli bir qancha yoshlar nufuzli davlat tashkilotlarida mas`uliyatli vazifalarga samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Bugun O`zbekiston yoshlar ittifoqi ham yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlash masalasida davlatimiz rahbari aytganlaridek, “sosial lift” vazifasini o`tamoqda.

Bu borada salohiyatli va fidoyi yoshlar tashkilot imkoniyatlaridan to`laqonli foydalanib, mas`uliyatli vazifalarga tayinlanayotgani quvonarli, albatta.

Bobur Mirzaev ham Toshkent kimyo-texnologiya institutining bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan. Faoliyatini Toshkent shahar Kengashida boshlagan. Keyinchalik, ushbu Kengashda rais o`rinbosarigacha ko`tarilgan.

Eslatib o`tamiz, B.Mirzaev 2017-yil 6-iyuldan O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Ta`lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash bo`limi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ha, O`zbekiston yoshlar ittifoqi kelgusida ham yosh rahbar kadrlarni etishtirish va ularning malakasini oshirishda alohida o`ringa mavqega ega bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar