• 10 marotabadan o`tirib turish hamda ikki yonboshga engashish mashqlarini bajaring. Televizor ko`rayotganda divanda yotish kerak, deb kim aytibdi? Ko`proq harakat qiling!
• Uydagi barcha axlatlarni to`plab, tashqariga olib chiqish uchun etarlicha vaqtingiz bor.
• Televizor ko`rib o`tirgan xonangizni yig`ib oling. 5 daqiqa ichida buyumlarni joy-joyiga qo`yish, idishlarni oshxonaga olib borish, kitob va jurnallarni tokchaga terish kabi ishlarni bajarishingiz mumkin.
• Bir stakan suv iching. Bu organizm uchun juda foydalai!
• Changni artib oling. Masalan, televizor, uning ekrani, DVD hamda stolning ustiga e`tibor qarating.
• Ertangi kun nonushtasini yoki ish, o`qishga olib ketiladigan buterbrodlarni tayyorlab qo`ying. Bu ertangi kun tongida shoshilganingizdan yaxshi emasmi?
• SMS yozing. Yaqinlaringiz, do`stu-birodarlaringizdan shu tariqa xabar olib qo`ying.
• Kun tartibi yoki rejalar jadvalini tuzib qo`ying. Ertaga, bir hafta yoki bir oy ichida nima ishlarni qilishingiz lozimligi haqida o`ylab ko`ring!
• Ertangi kun uchun libos tanlang. Dazmol qilish yoki tikib qo`yish kerak bo`lsa, bu ishlarni hozir bajaring. Shunda ertalab shoshib yurmaysiz.
• Yotoqxonani tartibga keltiring. Bir – ikki soatdan keyin uyquga yotishni mo`ljallayotgan bo`lsangizda, karovat va ko`rpani to`g`rilab qo`ying. Yostiqni urishni unutmang.
• Mazali va foydali biror narsa eb oling. Masalan, olma, nok, xurmo, anor va qatiq uyqu oldidan zararsiz, shuningdek vitaminlarga ham boy.
• Televizor pultidagi Mute tugmasini bosing va shunchaki bir necha daqiqa tinchlikda o`tiring. Suvdek tez oqib borayotgan hayotimiz davomida sokinlikdan bahra olish imkoniyati kam, mavjudlarini esa qo`ldan boy bermaslik kerak!






