AsosiyDunyo

ROSSIYa PREZIDENTLIGIGA YaNA BIR AYoL NOMZOD

'ROSSIYa PREZIDENTLIGIGA YaNA BIR AYoL NOMZOD 'ning rasmi
37 yoshli jurnalist va xonanda Ekaterina Gordon Rossiya prezidentligiga saylovda ishtirok etish istagidagi fuqarolar ro`yxatiga qo`shildi, deya ma`lum qildi «TASS».

O`zini yolg`iz onalar va bolalar himoyachisi deb ta`riflayotgan Gordon videomurojaatini rasmiy saytida e`lon qildi.

«Mening ismim Ekaterina Gordon. Yoshim 37 da. Men o`z huquqimdan foydalangan holda Rossiya prezidentligiga nomzodimni qo`ymoqchiman», — deydi u o`z murojaatida.

Gordon ikki farzandning onasi va o`n yillik tajribaga ega jurnalist hamda besh yildan beri ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilayotgan xususiy yuridik kompaniya egasi ekanligini haqida ta`kidlab o`tdi.

«Men o`z tajribamdan sud tizimi qanday ishlashini, ayollar farzandlarini yolg`iz o`stirishlari, erkaklar esa mas`uliyatdan qochishlarini bilaman», — deydi jurnalist.

Oldin xabar kilganimizdek, teleboshlovchi Kseniya Sobchak Rossiya prezidentligiga o`z nomzodini qo`ymoqchi ekanligi haqida ma`lum qilgan edi.

Eslatib o`tamiz, 2018 yilning 18 mart kuni Rossiyada navbatdagi prezident saylovi bo`lib o`tadi.



    Boshqa yangiliklar