Xitoyning China Eastern aviakompaniyasiga tegishli samolyotlarning birida eshikni yopmoqchi bo`lgan styuardessa samolyotdan yiqilib tushdi, deya xabar qildi RIA novosti nashri.
Styuardessa 3 metr balandlikdan pastga qulagan. Uni samolyotni uchishga tayyorlayotgan texnik xizmat xodimlari ko`rib qolib, darhol shifoxonaga etkazishgan. Qizga ko`plab tan jarohatlari etgazilgan.
Xabarda aytilishicha, qiz ikki kishi birgalikda yopishi kerak bo`lgan eshikni o`zi yopishga uringan.






