"Uzbekiston xavo yullari" 29 oktyabrdan boshlab, parvozlarni qishgi jadval bo`yicha amalga oshira boshlaydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
Qishgi masumda Milliy aviakompaniya bir qator yo`nalishlar bo`yicha parvozlar sonini oshirmoqda. Undan tashqari Samarqand aeroportidan yangi yo`nalishlar yo`lga qo`yilmoqda.
Samarkand-Istanbul-Samarkand yo`nalishida yangi yo`lga qo`yilgan parvozlar 30 oktyabrdan har dushanba, 16 noyabrdan esa har payshanba amalga oshirila boshlaydi.
Shuningdek, MAK Amritsarga parvozlar soni haftasiga 2 marotaba, Seulga – 5 marotaba, Olma-Otaga – 7 marotabagacha oshirilganini xabar qildi.
Yangi qishgi jadval 2018 yilning 24 martiga qadar amal qiladi.






