AsosiyJamiyat

ONKOLOGIYa MARKAZINING SOBIQ RAHBARIYaTI QARIYB 2 MLRD SO`MNI O`ZLAShTIRGANLIKDA GUMON QILINMOQDA

'ONKOLOGIYa MARKAZINING SOBIQ RAHBARIYaTI QARIYB 2 MLRD SO`MNI O`ZLAShTIRGANLIKDA GUMON QILINMOQDA'ning rasmi

Toshkent shahar prokuraturasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ilmiy onkologiya markazining sobiq direktori, bosh buxgalteri va moliyaviy-iqtisodiy boshqaruv direktoriga qarshi jinoiy ish ochdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

O`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu shaxslar guruhi byudjet mablag`larini o`zlashtirish va talon-toroj qilish bilan bog`liq jinoyatlar sodir etgani aniqlandi.

Tekshiruv davomida 2008–2016 yillarda sobiq bosh buxgalter Ermichyova I. Yu, 2000–2016 yillarda markaz direktori sifatida ishlagan Navro`zov S., 2009 yildan bugungi kunga qadar moliyaviy-iqtisodiy boshqaruv direktori lavozimini egallab kelgan Narziev F.N. umumiy miqdorda qariyb 2 milliard so`m pulni talon-toroj qilib yuborgani aniqlandi.

Ular qiymati 504,8 million so`mga teng qimmatliklarni o`zlashtirishda, shuningdek, xarajatlarni ko`paytirib ko`rsatish yo`li bilan markaz daromadini kamaytirib ko`rsatib, 802 million so`m o`zlashtirishda ayblanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar