Sms xabar
Ijtimoiy tarmoqdagi mavjud akkauntFacebook Messengerdan nafaqat do`stlar bilan muloqot qilish uchun foydalanish mumkin. Dasturning so`nggi versiyalarida SMS xabarlar jo`natish va ularni o`qish imkoniyati paydo bo`ldi. Shunday qilib, bu servis foydalanuvchilarning mobil vositalarida asosiy messenjer o`rnini egallashi mumkin.
Botlar
Ha, botlar Facebookning eng qaynoq nuqtalaridan biridir. Messenjerlarning botlar platformasiga aylantirilgani e`lon qilingandan beri ishlab chiqa-ruvchilar ularning bir qancha turlarini yaratishdi. Botlar yordamida samolyotga chipta buyurish, qiziqarli filmlarni topish, yangi latifalarni o`qish va boshqa vazifalarni ham bajarish mumkin.
Qisqa video
Zerikarli matnli xabar yuborgandan ko`ra, Facebook Messenger orqali qisqa video jo`natish mumkin. Buni amalga oshirishni istasangiz, 15 soniyalik videorolikni suratga olish uchun kamera tugmachasini bosing. Keyin esa “Jo`natish” tugmachasini bosib, videorolikni yuborishingiz mumkin.
Syurprizlar
Facebook Messenger turli-tuman va qiziqarli syurprizlarga juda boydir. Ba`zida qandaydir smaylikdan foydalansangiz, bu qiziqarli animasiyaning yoki sport o`yinlarining faollashuviga sabab bo`ladi. Biror kishiga yurakcha shaklidagi emotikonni jo`natib ko`ring, uning natijasidan hayratga tushasiz.
Koordinatlar
Facebook Messengerning eng foydali funksiyalaridan biri bu suhbatdoshingizga sizning koordinatlaringizni, ayni paytdagi manzilingizni aniqlab berishidir. Bu funksiyadan foydalanish uchun dastur vositalari panelidagi uchta nuqtali tugmacha bosiladi va“Turgan joyi” degan punkt tanlanadi.
Kayfiyatni ko`tarish
Agar kuningiz ko`ngildagiday kechmasa, biror narsadan siqilayotgan bo`lsangiz, sizgaFacebook Messenger yordamga keladi. @dailycutega shunchaki xabar yuboradigan bo`lsangiz, albatta kayfiyatingiz ko`tariladi. Urinib ko`ring, bunga o`zingiz amin bo`lasiz!






