Har haftaning chorshanba kunlari 50 tonnagacha yuk ko`tarishga qodir Boeing 767 samolyotlari Navoiy aeroportidan Guanchjouga borish va qaytish qatnovlarini amalga oshiradi.
Yuk aviaqatnovining ochilishi mamlakatimizdagi qishloq xo`jaligi, to`qimachilik va boshqa mahsulotlarni eksport qiluvchilar uchun o`z mahsulotlarini, ayniqsa eksport bozorida xaridorgir mahsulotlarni sotishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va mamlakatlar o`rtasida iqtisodiy aloqalarni hamda biznes hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi.
Hozirgi paytda “O`zbekiston havo yo`llari” MAK yuk samolyotlari “Navoiy” aeroportidan Frankfurt, Dehli, Dubay, Shanxay va Guanchjouga qatnovlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, aviakompaniya yuk jo`natuvchilarga Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan istalgan muntazam yo`nalishlardagi yo`lovchi samolyotlari orqali yuk jo`natishni taklif qiladi. Muayyan yo`nalishlarda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini jo`natish uchun maxsus promo-tariflar amal qiladi.
Yuk jo`natish yuzasidan ma`lumotlar olish uchun quyidagi raqamlar sizga asqotadi:
Telefonlar : +99871 140-2093, +99871 140-4772






