O`zbekiston Futbol Federasiyasining tarkibiy tuzilmasida navbatdagi o`zgarishlar amalga oshirildi.
O`zbekiston Futbol Federasiyasi Hakamlar boshqarmasi boshlig`i sifatida ishlab kelgan Noil Lutfulin o`z xohishiga ko`ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bugungi kunda O`zbekiston Futbol Federasiyasi boshqarma boshlig`i lavozimiga yangi nomzodlarni ko`rib chiqmoqda.
Shavkat Imamovning boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan O`zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutining “Futbol nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelgan Shamil Iseev O`zbekiston Futbol Federasiyasining texnik direktori lavozimiga tayinlandi.
Shamil Iseev 1956 yil 10 iyun kuni tavallud topgan. Ma`lumoti oliy. 1977 yilda O`zbekiston davlat Jismoniy tarbiya institutini a`lo bahoga bitirgan. Pedogogika fanlar nomzodi, professor. OFK instruktori. Faoliyati davomida O`zbekiston yoshlar, olimiya va milliy terma jamoalarida, “Paxtakor”, “Qayrat”, (Qozog`iston), “Dinamo” (Samarqand), “Bunyodkor”, “Andijon”, “Navbahor”, “Neftchi”, klublarida tahlilchi-murabbiy kabi lavozimlarda ishlagan.






