AsosiyJamiyat

67 YoShLI FUQARO YoNG`IN IChIDA QOLDI

'67 YoShLI FUQARO YoNG`IN IChIDA QOLDI'ning rasmi

23 oktyabr kuni soat 13:06 da Toshkent shahar IIBB KVBMga Yunusobod tumani 2-dahasi, 23-uy, 48-xonadonda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.

Yong`in sodir bo`lgan manzilga 2 ta asosiy yong`in o`chirish bo`linmalari va 1 ta maxsus avtonarvon yuborilgan.

Birinchi jangovor bo`linmalar yong`in sodir bo`lgan manzilga soat 13:10 da etib borgan vaqtda, chaqirilgan manzildagi 48-xonadondan qora tutun chiqayotganligi va uy egasi xonadonda qolib ketganligi ma`lum bo`ldi.

Navbatchi smena shaxsiy tarkibi tomonidan 1950 yilda tug`ilgan fuqaro Safarov Georgiy Vartanovich qutqarilib, unga yong`in joyiga etib kelgan tez tibbiy yordam xizmati xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Jangovor bo`linmalar tomonidan ko`rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 13:21 da bartaraf etildi.

Yong`in natijasida xonadon yotoqxonasida o`rin-ko`rpalar bo`lgan 2 m2 maydon yongan.

Mazkur yong`in mast holda sigareta chekish oqibatida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar