AsosiyDunyo

XILLARI KLINTON 70 YoShNI QARShI OLDI

'XILLARI KLINTON 70 YoShNI QARShI OLDI'ning rasmi

AQShning mashhur siyosatchi ayollaridan biri Xillari Klinton 70 yoshni qarshi oldi.

Xillari Klinton (Dayan Rodem qizlik familiyasi) 1947 yilning 26 oktyabrida Chikagoda tug`ilgan. U turmush o`rtog`i va AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton bilan nufuzli Yel universitetida yuridik bilimlarni egallayotgan davrida tanishgan. Xillari hayotining aksariyat qismini turmush o`rtog`ining siyosiy karerasi soyasida o`tkazdi, biroq o`zining ham siyosatga qiziqishi katta bo`lgan.

Bill Klintonning prezidentlik davri nihoyasiga etgach, Xillari dastlab Nyu-York shtati senatori bo`ldi, 2008 yilda esa Demokratik partiya praymerizida bo`lg`usi prezident Barak Obama bilan raqobatlashdi. Shundan davlat kotibi lavozimida faoliyat yuritdi va qattiqqo`l diplomat sifatida nom qozondi.

2016 yilda Hillari Klinton mamlakat prezidenti saylovlarida demokratlar nomzodi bo`ldi. U saylovchilar ovozi soni bo`yicha respublikachilar vakili Donald Trampni ortda qoldirdi, biroq tanlovchilar ovozi soniga ko`ra mag`lub bo`ldi.

Shuningdek, Klinton siyosat olamida ayollar huquqini himoya qilish borasida ko`plab ishlarni olib bordi. Bu mavzuda kitoblar yozdi, hatto tenghuquqlik nutqi uchun «Gremmi» mukofotini qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar