AsosiyJamiyat

ER OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANISh ShARTLARI TUShUNTIRIB BERILDI

'ER OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANISh ShARTLARI TUShUNTIRIB BERILDI'ning rasmi

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazidadi Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi tashabbusi bilan “O`zbekiston Respublikasi erosti boyliklaridan foydalanishning shartlari va imkoniyatlari” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi. Unda mazkur qo`mitaning mutasaddi xodimlari, soha mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ta`kidlanganidaek mamlakatimida erosti boyliklaridan foydalanish tartibi bir qator qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo`yilgan. Ularga muvofiq, er qa`ri uchastlaridan foydalanish ishlari maxsus lisenziya bilan amalga oshiriladi. Ayni paytda bu blradagi qonun hujjatlariga bir qator o`zgartirishlar kiritilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, mamlakatimizda 1895 foydali qazilmalar konlari aniqlangan. Ulardan 235 tasidanuglevodorod, 151 tasidan metall, ettitasidanko`mir va yonuvchi slanes, 55 tasidantog`-ma`dan, 34 tasidantog`-kimyo, 764 tasi qurilish ashyolari, 619 tasi chuchuk va ma`danli er osti suvlari olinadi.

Joriy yilnig 25 oktyabriga qadar 983 ta noruda qazilmalar mavjud erosti uchastkalaridan foydalansh huquqini beruvchi lisenziyalar rasmiylashtirilgan.

Ma`lumki, erosti qazilmalari miqdori cheklangan, shu bois ulardan oqilona foydalanish talab etiladi. Biroq, afsuski, bu borada ham bir qator kamchilik va muammolar aniqlanmoqda, Ularni hal etish borasida tegishli tashkilotlar tomonidan zarur choralar ko`rilishi lozim.

Bilamizki, qurilishdagi ishlatiladigan qum, shag`al singari tabiiy xomashyolar asosan daryo o`zanlaridan qazib olinadi.Mazkur hududlardan xomashyo qazib olish uchun davlat tomonidan belgilangan lisenziyaga ega bo`lish talab etiladi. Ammo, qum va shag`al qazib olish va sotish orqali daromad topayotganlarning hammasi ham qonuniy ish olib boryapti deb bo`lmaydi. Ular o`z shaxsiy manfaati yo`lida daryo o`zanlarini o`rinsiz kovlab, atrof-muhitga jiddiy zarar etkazish barobarida suv oqimiga ham jiddiy ta`sir ko`rsatadilar.

Endilikda hukumatimiz tomonidan bu boradagi faoliyat jididy nazoratga olinadi, o`zboshimchalik bilan tabiatga shikast etkazmoqchi bo`lgan shaxslarga nisbatan choralar yanada kuchaytiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 sentyabrdagi “Suv ob`ektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi qarorida daryolar o`zanlarini tozalash, qirg`oqlarini mustakamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibi buzilishini aniqlash va oldini olish bo`yicha doimiy faoliyat ko`rsatuvchi Bosh prokuratura boshchiligida Idoralararo guruhlar shakllantirish belgilangan.

Bu borada mamlakatimizning ma`muriy qonunichiligiga ham o`zgartirish kiritish, kelgusida bunday faoliyat bilan noqonuniy shug`ullangan shaxslarga nisbatan eng kam ish haqininig 70 baravarigacha bo`lgan miqdorda jarima qo`llash, ularning mazkur jarayonda foydalangan texnikalarini musodara qilish masalalari ko`rib chiqilmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizda 97 hududda er osti chuchuk suv zahiralari aniqlangan. Ulardan kuniga o`rtacha 5,5 mln metr-kub hajmida suv olib ishlatilmoqda. Mamlakatimiz aholisining toza ichimlik suviga bo`lgan ehtiyoji tobora ortib borayotgani barcha suv manbalaridan tejakorlik bilan foydalanishni talab etadi.

Vazirlar Mahkamasining2017 yilning 27 iyundagi “Er osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida ham ana shu masalalarga katta e`tibor qaratilgan. Mazkur qarorga muvofiq, quduqlarni burg`ulash uchun ruxsatnoma berish va ularning monitoringini yuritish tartiblari to`g`risidagi nizom ham tasdiqlandi. Endilikda er osti chuchuk suvlaridan foydalanishbir yillik muddatga beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.Ruxsatnoma Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi va unga qarashli gidrogeologiya tashkilotlari tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga asosan beriladi.

Faqatgina jismoniy shaxslar uchun chuqurligi 25 metrgacha bo`lgan quduqlarni burg`ulashda, er ostidan shaxsiy ehtiyojlar uchun sutkasigacha 5 metr-kubgacha bo`lgan miqdorda chuchuk suv olinganda ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.

Mazkur matbuot anjumanida mutaxassislar bu borada olib borilayotgan ishlar, mavjud kamchilik va muammolar, ularni bartaraf etish yo`llari, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar xususidajurnalistlarga batafsil ma`lumot berishdi.

    Boshqa yangiliklar