Avval xabar berganimizdek, 25 oktyabr kuni Anqarada Shavkat Mirziyoev va Rejep Tayyip Erdo`g`an hamda ikki mamlakat rasmiy delegasiyalari ishtirokida muzokaralar bo`lib o`tdi.
Muzokaralardan so`ng ikki davlat rahbarlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir chog`ida Turkiya Prezidenti O`zbekiston xalq shoiri, marhum Abdulla Oripovning "O`zbekiston" she`ridan parcha o`qib berdi.






