AsosiySUG'DIYONA

«GULDASTA» SALATI

'«GULDASTA» SALATI'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 100 gr. pishloq, 1 ta dudlangan selyodka balig`i, 2 ta kartoshka, 1 tadan bodring, 1-2 bo`lak sarimsoq piyoz, sabzi va lavlagi, 1 dona tuxum, 1/3 stakan sut, 1 osh qoshiq un, o`simlik yog`i, mayonez, salat bargi, petrushka, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Kartoshka, sabzi va lavlagini qaynating.

2. Likopchaga salat bargini joylashtiring. Selyodka balig`ini maydalab to`g`rang. Salat bargi ustidan solib, mayonez surting.

3. Bodringni maydalab, somoncha shaklida to`g`rang. Sabzi va kartoshkani qirg`ichdan o`tkazing. Salat bargi ustidan sabzavotlarni ham ketma-ketlikda solib, orasiga mayonez surting.

4. Tuxum, sut, un, tuz va 1-2 choy qoshiq o`simlik yog`ini aralashtirib, quymoq xamirini tayyorlang. Yupqa qilib, ikkita quymoq pishirib oling.

5. Pishloq, lavlagi va sarimsoqpiyozni mayda tishli qirg`ichdan o`tkazing. Aralashtirib, mayonez va tuz soling. Aralashmadan quymoqlar ichiga solib, rulet shaklida o`rang-da, «atirgul»lar kesib oling. Salat ustiga o`ramalarni joylashtirib chiqing. Ko`katlar va ko`k piyoz bilan «guldasta»ni bezating.

Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.

4 kishilik.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Boshqa yangiliklar