O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan “Yovqurlar” deb nomlanganfilm ssenariysi yaratildi. 2018 yilda ushbu filmni suratga olish jarayonlari boshlanadi.
— Vatanparvar degan so`zni ko`p ishlatganimizdan bu so`z balandparvoz so`zga aylanib qolgan. Aslida bu so`z inson so`zining bir ma`nodosh shaklidir. Haqiqiy inson yurtini sevada. Yurtini sevmagan inson emasdir, — deydi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliev. —Ushbu film 2002 yillarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi bosqinchilik harakatlarida qahramonlik ko`rsatgan askarlarimizga bag`ishlangan. Film ssenariysini Zulfiya Yunusova yozgan, ssenariyni yaxshi chiqishida men ham qo`limdan kelgunicha o`z hissamni qo`shganman. I.Mirzaalievning ta`kidlashicha, 2018 yilda suratga olinishi rejalashtirilayotgan Vatan tuyg`usidagi ikkinchi film sarhadlarimiz qo`riqchilari — chegarachilarga bag`ishlanadi.





