AsosiyJamiyat

“SO`NGGI NIDO”: BIRINChI PREZIDENTIMIZ HAQIDAGI YaNA BIR YaNGI KITOB NAShRDAN ChIQDI

' “SO`NGGI NIDO”: BIRINChI PREZIDENTIMIZ HAQIDAGI YaNA BIR YaNGI KITOB NAShRDAN ChIQDI'ning rasmi

— Mazkur roman Birinchi Prezidentimiz haqidagi “Ayozi cho`zilgan bahor”, “Ajal bilan yuzma-yuz”, “Suiqasd” kitoblarimning mantiqiy davomidir, — deydi “So`nggi nido” muallifi, yozuvchi Akbar MIRZO.

Mustaqillikning dastlabki o`n yilligida mamlakatimizda sodir etilgan dahshatli voqealar qish ayozining hamon davom etayotganidan darak beradi. Toshkentdagi terror, Surxondaryo va Andijon voqealari... Bu fojialar kishi qalbini larzaga soladi.

Umrining oxirigacha O`zbekiston xalqining ozodligi, tinchlik va farovonligi uchun kurashgan Birinchi Prezident yuragida so`nggi damlarda millatga qarata aytmoqchi bo`lgan qanday da`vati, nidosi bo`lgan?

Hayotiy voqea va badiiy to`qimalar asosida yozilgan “So`nggi nido” bu sirni sizga ochadi.

ESLATIB O`TAMIZ: “So`nggi nido” O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotida 5000 nusxada chop etildi.

MA`LUMOT UChUN: yozuvchining Birinchi Prezidentimiz haqidagi “Suiqasd” asari “Darakchi” gazetasida qisqartirilgan holda chop etilgan.

    Boshqa yangiliklar