"Algae Mobile" — avtomobilga o`rnatiladigan va zararli gazlarni kislorodga aylantirib beradigan qurilma ixtirochisi. O`zining ekologiyani asrash borasidagi kashfiyotlari uchun Jaggi bir qator mukofotlar bilan taqdirlangan. Jumladan, Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining AQShda o`tkazilgan xalqaro ilmiy yarmarkasida tashkilotning maxsus mukofotiga sazovor bo`lgan. Jaggi "Forbes" nashri har yili tuzadigan “Eng yosh aqllilar” ro`yxatiga ikki marta kiritilgan.






