Asalli niqoblar terining ko`pgina muammolarini bartaraf etishga yordam beradi. Ularni tayyorlash esa juda oson.
Foydali xususiyatlari
Asal terining mayda teshikchalariga osongina singib, oziqlantiradi va suv balansini yo`lga qo`yadi. Terini tetiklashtirib, ajinlar paydo bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Shu bilan birga asal tarkibidagi moddalar yallig`lanishga qarshi ta`sirga ega bo`lib, hujayralar nafas olishini ta`minlaydi, terini tashqi muhit ta`siridan himoyalaydi.
Quruq yuz terisi uchun...
1 dona tuxum sarig`ini 1 choy qoshiq asal va 1 choy qoshiq sabzi sharbati bilan aralashtirasiz. Tayyor bo`lgan niqobni yuzingizga surting. 15-20 daqiqadan so`ng niqobni yarmiga iliq sut qo`shilgan suv bilan yuvib tashlang.
Normal yuz terisi uchun...
1 dona tuxum sarig`ini 1 choy qoshiqdan tabiiy olma sharbati va asal bilan aralashtiring. Tayyor bo`lgan niqobni 15-20 daqiqaga yuzingizga surtib, avval iliq suv bilan, so`ng sovuq suvda chaying.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






