AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTON PREZIDENTI DAVLAT TAShRIFI BILAN TURKIYaDA BO`LADI

'​O`ZBEKISTON PREZIDENTI DAVLAT TAShRIFI BILAN TURKIYaDA BO`LADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`onning taklifiga binoan 2017 yil 25-26 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan Turkiyada bo`ladi.

Anqara shahrida bo`lib o`tadigan oliy darajadagi muzokaralar chog`ida O`zbekiston va Turkiya o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, global hamda mintaqaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

O`zbekiston delegasiyasi, shuningdek, Istambul shahriga ham tashrif buyuradi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Tashrif yakunlari bo`yicha davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti qabul qilinishi, turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, O`zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari o`rtasida o`zaro manfaatli aloqalar uchun qulay sharoitlar yaratish, sayyohlar almashinuvi va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishga qaratilgan ko`plab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar