AsosiyJamiyat

​ABDULAZIZ KOMILOV AQSh ELChISI PAMELA SPRATLEN BILAN UChRAShDI

'​ABDULAZIZ KOMILOV AQSh ELChISI PAMELA SPRATLEN BILAN UChRAShDI'ning rasmi

2017 yilning 23 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

Suhbat chog`ida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning sentyabr oyidagi Nyu-York shahriga tashrifi va AQSh ishbilarmonlari bilan uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Shuningdek, Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada AQShning nufuzli delegasiyasi ishtirokining amaliy jihatlari ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar