AsosiyHi-tech

Dunyoni o`zgartirgan ixtirochi

'Dunyoni o`zgartirgan ixtirochi'ning rasmi

Kennet Sinozuka. U 15 yoshida Alsgeymer kasalligidan aziyat chekuvchi insonlar uyidan uzoqqa ketib qolmasligi uchun chora-tadbir ishlab chiqdi. Kennet buvasi tunda o`rnidan turganida unga telefon orqali xabar beruvchi va masofaviy ishlovchi mexanizmni yaratdi. Ixtironing asosiy xususiyati oddiy edi: u bobosining paypog`i va oyoq kiyimiga bosimni sezuvchan ingichka tanga shaklidagi datchikni o`rnatib, uni telefoniga ulab qo`ygan edi.

Qariya o`rnidan turib, harakatlanmoqchi bo`lganida datchik harakatga keladi va Kennet o`zi yaratgan dastur orqali mobil telefonga signal beradi. Shunday qilib, u buvasi o`rnidan turib, chiqib ketmoqchi bo`layotganidan xabardor bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar