Har qanday vaziyatda yoningizdagi insonni birgina ko`z qarashidan nima istayotganini tushunib olish chinakkam yutuq. Xayoldan nima o`tayotganini o`qiy olish qobiliyati esa hech kimda yo`q. Lekin ayollar va erkaklar psixologiyasidan kelib chiqsak, masala anchayin oydinlashadi. Shu ma`noda sizlar bilan erkaklar psixologiyasidagi nozik sirlarni bo`lishib, shahzodangizning chinakam malikasi bo`lishingizga yordam berish...
1. Doimiy talablaridan boxabar bo`ling! Va qo`ldan kelgancha talablarini so`zsiz bajarishga urining.
Maslahat: Juftingizni bolalik davrida onasi turli sovg`alar bilan ko`nglini ko`targan. Siz ham bu an`anani davom ettirgan holda e`tiboringizni undan ayamang. Sovg`a qabul qilishni yaxshi ko`rgan ayol, hadya etishni ham bilishi kerak!
2. Prinsiplariga hurmat bilan qarang. Bu bilan o`z qonun-qoidalaringiz haqida unuting, deyish fikridan yiroqmiz. Shunchaki erkak kishining gapi siz uchun qonun bo`lishi lozim, muhokamaga esa o`rin yo`q.
Maslahat: Atrofdagi ayollarning qaysi jihatlari yoqmasligini bilishga uruning. Va ularning aksi bo`lishga harakat qiling.
3. Hushomad. Kim ham maqtov eshitishni yoqtirmaydi, deysiz. Ayniqsa erkak kishi bunga ehtiyojmand. Siz tomondan bildirilgan maqtov uning fazilatlarini tan olish demakdir.
Maslahat: Eng oddiy narsalarni ham e`tibordan chetda qoldirmang. Bu har qanday vaziyatda yarim muvaffaqiyat kalitini qo`lingizga tutqazadi.
4. Libosingizni bamaslahat tanlang. Tashqi ko`rinishingiz turmush o`rtog`ingizga yoqmasligi ham muammolarga sabab bo`lishi mumkin.
Maslahat: Juftingizga yoqadigan uslubda pardoz qiling. Shunda jozibangizni bilan shahzodangizni mutloq rom etasiz.
5. Qo`llab-quvvatlang. Og`ir damlarda shahzodangizga dalda bo`ling. «Men sizga ishonaman!» degan so`zlarni aytishni kanda qilmang!
Maslahat: Hech qachon «Shunday bo`lishini bilgandim» yoki «Men sizga nima degandim» kabi gaplardan tiyiling.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






