— Doimiy propiskam Toshkentda. Farzandim esa Moskvada tug`ildi. 2013 yildan beri hech qaerda ishlamayman. Bola puli va suyunchi pullarini qaerdan olishim mumkin?
Advokat Dilfuza TO`XTAEVA:
— Ushbu vaziyatda ikki yoshgacha bola pulini olish uchun doimiy yashash manzili bo`yicha mahalla fuqarolari yig`iniga murojaat qilasiz. Tegishli hujjatlar taqdim etilgach, masala ko`rib chiqiladi. Suyunchi puli esa doimiy yashash joyiga ko`ra byudjetdan tashqari pensiya fondi tomonidan beriladi. Suyunchi puli bola dunyoga kelganidan so`ng olti oy muddat davomida berilishi mumkin.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi





