AsosiyJamiyat

SOLIQ ORGANLARI XODIMLARIGA IMTIYoZLI IPOTEKA BERILADI VA IJARA HAQI TO`LANADI

'SOLIQ ORGANLARI XODIMLARIGA IMTIYoZLI IPOTEKA BERILADI VA IJARA HAQI TO`LANADI'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 18 oktyabrdagi qarori bilan soliq qonunchiligiga o`zgartishlar kiritildi. Ularga ko`ra, soliq organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olish uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari taqdim etiladi.

Ipotekaga ega bo`lish uchun xarid qilinayotgan uy narxining kamida 25 foiziga teng pulga ega bo`lish lozim. Ammo dastlabki to`lovni soliq organlariga moddiy yordam, ko`rsatish, ijtimoiy himoya qilish va rivojlantirish hamda DSQ ko`zda tutilmagan xarajatlari maxsus fondi ham to`lanishi mumkin.

Buning uchun xodim hududiy komissiyaga tegishli arizani topshiradi.

Hujjatlar hududiy komissiya tomonidan o`n kun davomida ko`rib chiqiladi, shundan so`ng DSQ komissiyasiga topshiriladi. U bir hafta muddat ichida qog`ozlarni o`rganib chiqib, bayonnoma tuzadi va unda qarorini aks ettiradi.

Hujjatda noto`g`ri yoki buzilgan ma`lumotlar bo`lgan taqdirda arizachiga rad javobi berilishi mumkin.

Masala ijobiy hal qilingan taqdirda zayom shartnomasi tuzilib, unga qarzni yopish grafigi ilova qilinadi. Zayom foizsiz asosda taqdim etiladi, unda garov mulki yoki kafillik ham aks etishi lozim.

Bundan tashqari, soliq organlari ishchilariga uy-joy ijarasi uchun oylik pul badali to`lanadi. Uning hajmi ijaraga olingan uyning ijara narxiga bog`liq.

Hujjat 19 oktyabr kuni Milliy qonunchilik bazasida chop etildi va rasman kuchga kirdi.

    Boshqa yangiliklar