AsosiySUG'DIYONA

​AYoLLARNING ENG SARA IXTIROLARI

'​AYoLLARNING ENG SARA IXTIROLARI'ning rasmi

Osmon jismlarini o`lchash asbobi

Astrolyabiya nomi bilan ataluvchi mazkur qurilma osmon jismlari harakati koordinatasini aniqlash uchun mo`ljallangan. Uni eramizdan avvalgi 370 yilda astronom va matematik Gipatiya Aleksandriyskaya ixtiro qilgan.

Sirkulyar arra

Kunlarning birida yog`och xodani arralayotgan erkaklar ishini kuzatib turg an Tabita Bebbitt antiqa g`oya ustida xayol surib qoladi. Ishchi kuchini kamaytirib, qurilma quvvatini oshirish. Tezgina bajarilgan hisob-kitob ishlaridan so`ng sirkulyar arra ixtiro qilinadi. hozirda Tabitaning g`oyasi ko`plab quruvchilarga asqotayapti.

Foto: arra

Suv osti kemasining durbini

Dengizchilar uni periskop deyishadi. Mazkur qurilma suv osti kemalari uchun mo`ljallangan. 1845 yili Sara Meter ushbu periskop uchun patent olgan.

Go`sht konservalari

1873 yili Vena shahrida bo`lib o`tgan xalqaro ko`rgazmada rossiyalik Nadejda Kojina go`shtni konservalash usulini namoyish etib, mutaxassislar tomonidan e`tirof etilgan. Shundan so`ng qahramonimizning taklif etgan usuli go`shtni qayta ishlash korxonalari tomonidan qo`llaniladigan bo`ldi.

Idish-tovoq yuvuvchi qurilma

Javonidagi sevimli idishlar to`plamidan ikki-uchta likopchani topa olmagan Jozefina Kokreyn idish-tovoqlarni sindirmay tozalash mumkin bo`lgan qurilma chizmasini ishlab chiqadi. Bu voqea 1886 yili sodir bo`lgan. Oradan 40 yil o`tib, Kokreyn chizmasi asosida idish-tovoqlarni yuvish uchun mo`ljallangan mashina quriladi.

Qor kurash mashinasi

Ozodalik nafaqat uyga, balki ko`cha-kuyga ham tegishli qoida. Mazkur shiorni olg`a surgan kotiba Sintiya Vestover bir necha avtomobil ehtiyot qismlaridan qor kurash uchun mashina ixtiro qiladi. 1892 yili amalga oshirilgan kashfiyot shu kungacha ancha takomillashgan bo`lsa-da, asoschisi Sintiya hisoblanadi.

Tovushni pasaytiruvchi asbob

1917 yili El Dolores avtomobil shovqinidan bezor bo`lgan chog`i akustik filtr ishlab chiqadi. Bu qurilmadan hozirda ham keng foydalanishadi. Muhimi, avtomobil o`t olishida yuzaga keladigan shovqin yo`q.

Tagliklar

Uy ishlari hamda chaqaloq parvarishidan juda toliqqan Marion Donovan 1917 yili vannaxona pardasidan taglik uchun suv o`tkazmaydigan g`ilof tikadi. O`zi bilmagan holda ko`plab ayollarning mushkulini oson qilgan Marion andozasi bo`yicha keyinchalik tagliklarning yangi turlari ishlab chiqarila boshlangan.

    Boshqa yangiliklar