AsosiySUG'DIYONA

​ERTAGA YaKShANBA. UNI HAYRLI BOShLASh UChUN OLTI OLTIN QOIDA

'​ERTAGA YaKShANBA.  UNI HAYRLI BOShLASh UChUN OLTI OLTIN QOIDA'ning rasmi
  • Uyqudan uyg`onishingiz bilan yaxshi narsalarni o`ylang. Engil jismoniy tarbiya mashqlarini bajaring. Chunki jismoniy faollik organizmda qon aylanashini yaxshilab, yaxshi kayfiyat gormonini oshiradi.
  • Tabassum qiling! Ruhshunoslar fikricha ertalab ko`zga qarshisiga turib, o`ziga-o`zi tabassum ulashish terapiyasi inson umrini 5 yilga uzaytiradi. Ma`qul keldimi, unda ishga kirishing!
  • Hech bo`lmaganda 5 ta yaxshilik qiling. Shunchasini qaerdan olaman deysizmi?! Birinchisi, yaqinlaringiz bilan yaxshi muomala bo`lsa, qolganlari sog`lig`ingiz, ishingiz va farzandlaringiz uchun atalishi mumkin. Eh-hey, istasangiz bir kunda o`ndan oshiq yaxshilik qilolasiz.
  • Ishlaringizni rejalashtiring. Hayotda tartibli bo`lolsangiz, qolgan barcha masalalarda muammo bo`lmaydi.
  • Ikkilanishlarni unuting! Oson bo`lmasligi rost. Ammo kunni shu zaylda qarshi olishdan nima naf? Yaxshisi, «qanday bo`larkin» degan savolni, «albatta, uddalayman» kabi so`zga alishtiring. Qani talaffuz qilib ko`ring-chi. Xo`sh, qalay?
  • Biror nimani o`ylasangiz yoki niyat qilsangiz, hamisha qaddingizni baland tuting. Ruhshunoslar gavdani egib so`zlash, tushkunlik, asabiylikka olib keladi, o`ziga bo`lgan ishonchni so`ndiradi, deyishadi. Boshingizni baland tutganingizda esa ruhingiz ham ko`tarinki bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar