AsosiySalomatlik

Madad-shifo: “QON BOSIMIM “SAKRAYaPTI”

'Madad-shifo: “QON BOSIMIM “SAKRAYaPTI”'ning rasmi

— Menga nima bo`layotganini tushunmayapman. Bir qarasa, qon bosimim ko`tarilib ketadi, bir qarasa aksincha. Pastlab ketganidan boshim aylanib, muvozanatimni yo`qotay deyman. Qon bosimining bu kabi o`zgarishi nimadan bo`lishi mumkin?

R.Usmonova, Samarqand viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Sizdagi holat qon tomirlarining vegetativ distoniyasi, soddaroq aytganda, qon tomirlarining kengayishi yoki torayishi bilan izohlanadi. Bu hodisa ayollarda hayz oldi sindromi, stress, noto`g`ri ovqatlanish sababli kelib chiqadi. Ba`zan to`yib uxlamaslik va ob-havo o`zgarishi ham qon bosimining “sakrashi”ga olib keladi. Qon bosimini me`yorlashtirish uchun avvalo tamonomaga ahamiyat bering. Kun tartibini to`g`ri tashkillashtiring. Bordi-yu shundan keyin ham bezovtaliklar kamaymasa, shifokorga murojaat qiling.

    Boshqa yangiliklar