AsosiySport

​O`ZBEKISTON U-19 AYoLLAR TERMA JAMOASI TAILANDGA QARShI O`YIN OLDIDAN MAShG`ULOT O`TKAZDI

'​O`ZBEKISTON U-19 AYoLLAR TERMA JAMOASI TAILANDGA QARShI O`YIN OLDIDAN MAShG`ULOT O`TKAZDI'ning rasmi

O`zbekistonU-19 ayollar terma jamoasi Osiyo chempionati 3-turida Tailandga qarshi o`yin o`tkazadi. Bahrom Norsafarov shogirdlari guruh bosqichidagi so`nggi tur oldidan mashg`ulot o`tkazdi.

Mashg`ulot davomida futbolchi qizlar asosiy e`tiborni hujum tashkil qilishga qaratishdi. Birtepar uslubdagi o`zaro kombinasiyalar orqali tezkor ravishda hujumga o`tish va darvozaga zarbalar yo`llash mashq qilindi. Shuningdek, qanotlardan uzatiladigan to`plarni qabul qilib, qulay pozisiyaga chiqqan holda darvozani nishonga olish borasida ham ish olib borildi.

Guruhdagi dastlabki ikki o`yinda mag`lubiyatga uchragan O`zbekiston U-19 termasi Tailandga qarshi o`yinda g`alaba qozonishga astoyidil tayyorlanmoqda. Ertaga Bahrom Norsafarov shogirdlari hujumkor o`yin namoyish qilishi kutilmoqda. Tabiiyki, asosiy tarkibda ham bir qator yangi nomlarni ko`rishimumkin bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Tailandga qarshi 3-tur uchrashuvi 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar