Zarur masalliqlar: xamiriga: 250 gr. margarin, 200 grammdan un va shakar, 2 choy qoshiq xamir yumshatgich, 4 dona tuxum, 4 osh qoshiq sut, 3 osh qoshiq kakao; ichiga solishga: 500 ml. sut, 6 osh qoshiq bug`doy yormasi (manniy yormasi), 200 grammdan sariyog`, shakar va kokos qirindisi; glazur uchun: 200 gr. sutli shokolad.
Tayyorlanishi: 1. Margarinni xona haroratida yumshatib, xamir uchun ajratilgan barcha masalliqlarni solib, aralashtiring. Aylana shakldagi qolipga xamirni solib, 175 darajada qizdirilgan gaz pechiga 50 daqiqaga qo`ying. Korj pishgach, biroz sovutib, eniga o`rtasidan ikki bo`lakka bo`ling.
2. Sutni qaynatib, bug`doy yormasini 1 osh qoshiqdan solib, aralashatirib turgan holda 5 daqiqa qaynating.
3. Sariyog`ni shakar bilan birga mikser yordamida ko`pirtiring.
4. Bo`tqani kokos qirindisi, shakarli sariyog` bilan arashlashtiring. Korj o`rtasiga kremdan surtib, ikkalasini bir-biriga yopishtiring. Yuziga esa qolgan krem va shokoladni suv bug`ida eritib, surting. Shokolad qotguncha muzlatkichda qoldiring.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa.
6 kishilik.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi






