AsosiySavol-javob

KO`P QAVATLI UYLARDA QANDAY TAShKILOTLAR OChISh MUMKIN?

'KO`P QAVATLI UYLARDA QANDAY TAShKILOTLAR OChISh MUMKIN? 'ning rasmi

— Ko`p qavatli uylarda joylashgan noturarjoylardan foydalanish tartibi bormi?Shu haqda ma`lumot bersangiz?

Muxlisa Jabborov, Toshkent shahar Yunusobod tumani

Erkin NABIEV, Ko`p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining bo`lim boshlig`i:

  • Noturarjoy mulk egasi ko`p qavatli uyda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish maqsadida u erda non va non mahulotlariga ixtisoslashgan korxona, shuningdek, oziq-ovqat, sanoat mollari, engil sanoat mollari do`koni, maishiy xizmat, bank xizmatlari, ofis, advokatura va boshqalar.

Ko`p qavatli uylardagi noturarjoydan foydalanish mumkin bo`lmagan ob`ektlar ro`yxati quyidagicha:

  • kimyoviy moddalar, meva-sabzavot, baliq, portlovchi moddalar savdosi bilan shug`ullanuvchi do`konlar, kimyoviy tozalash, xammom, sauna, jamoat xojatxonalari, diniy marosimlar xizmati, kunu-tunlik aloqa punktlari, sanoat ishlab chiqarishi;
  • soat 23 dan keyin ishlaydigan restoran, kafe, tungi klublar.

Noturarjoyda faoliyat yuritadigan ob`ektlar binoning jismoniy holatiga va atrof muhitning sanitar holatiga salbiy ta`sir etmasligi lozim. Shuningdek, shu uyda yashovchilarning 51 foizidan ko`pining roziligini olgandan so`nggina tadbirkor o`z ishini yo`lga qo`yishimumkin.

    Boshqa yangiliklar