1. Ishni hamsuhbatingizni maqtashdan va uning yaxshi jihatlarini samimiy e`tirof etishdan boshlang.
2. O`zgalarning xatosini to`g`ridan-to`g`ri emas, balki bilvosita ko`rsating.
3. Dastavval o`z kamchilik, nuqsonlaringiz haqida gapiring, so`ng hamsuhbatingizni tanqid qilishga kirishing.
4. Hamsuhbatingizga buyruqlar berish o`rniga unga savollar bering.
5. Odamlarga o`z obro`-e`tiborlarini saqlab qolishga imkon bering.
6. Odamlarning juda kichik bo`lsa ham muvaffaqiyatini e`tirof eting, ma`qullang hamda har bir yutug`ini qayd eting. Baholashda samimiy va maqtovda bag`rikeng bo`ling.
7. Odamlarga yaxshi obro`-e`tiborga sazovor bo`lishlari uchun imkon yarating, toki ular buni oqlashga harakat qilishsin.
8. Rag`batlantirishga urining. Shunday tasavvur uyg`otingki, xatoga yo`l qo`ygan kishi xatosini engil tarzda to`g`irlasin.
9. Shunga erishingki, odamlar siz tavsiya etgan ishlarni bajarganlaridan xursand bo`lishsin.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






