Andijon tuman “Oyjamol” mahalla fuqarolari yig`ini hududida noma`lum shaxs Andijon shahrida yashovchi 1982 yilda tug`ilgan Sh.Mga tegishli bo`lgan Spark rusumli avtomashinasini oldi eshigini temir jism bilan ochib, avtomashina salonida bo`lgan 3 dona uyali telefon apparati, 100 AQSh dollari va 1.900.000 so`m pullarini o`g`irlab ketganligini bildirgan. Ko`rilgan choralar natijasida noma`lum shaxs aniqlanib ushlandi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmatixabar bermoqda.
U Andijon shahrida yashovchi 1971 yilda tug`ilgan E.B bo`lib chiqdi. Ashyoviy dalil sifatida 100 AQSh dollari va 1 dona telefon apparati va 450.000 so`m pullar olindi. Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasini 2-kismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda ushbu fuqaroning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.






