Davlatimiz rahbari mamlakatimiz temir yo`l sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risidagi Farmonni imzoladi. Unga ko`ra bir guruh temiryo`lchilar nufuzli orden va medallar bilan taqdirlandi.
"Mamlakatimiz temir yo`l transporti sohasidagi ko`p yillik fidokorona mehnati, tarmoqni zamon talablari asosida rivojlantirish, mintaqa va jahon miqyosida muhim ahamiyatga ega bo`lgan yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, respublikamizda temir yo`l transporti kommunikasiyalarining mustaqil, yagona va yaxlit tizimini yaratish, xalqaro standart va talablarga mos yangi temir yo`llarni barpo etish, tarmoqning barqaror va samarali ishlashini ta`minlash hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlariga qo`shgan munosib hissasi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlansin", — deyiladi farmonda.
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan transport xodimi»
Ismailov Xalmurat - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshtemiryo`lloyiha» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Shaymanov Absaxat Bozorovich - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining Termiz temir yo`l masofasi yo`l ta`mirlovchisi, Surxondaryo viloyati
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abdullaev Nusratillo Sa`dullaevich - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining «O`ztemiryo`lmashta`mir» unitar korxonasi bosh direktori
Rabimov Toshkuvat Shodiyarovich - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand temir yo`l masofasi ko`prik ustasi, Samarqand viloyati
Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati bosh menejeri – bosh muhandisi
Soy Viktor Robertovich - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining «406-ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj poezdi» unitar korxonasi boshlig`i
«Do`stlik» ordeni bilan
Sagdullaeva Elmira Shavkatovna - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent yo`lovchi vagonlarni qurish va ta`mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati etakchi muhandis-texnologi, Toshkent shahri
Xolmamatov Ali Sultonovich - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining Qarshi elektr ta`minoti korxonasi elektromexanigi, Qashqadaryo viloyati
Ganiev Polat Begdullaevich - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining Qo`ng`irot lokomotiv deposi teplovoz mashinisti, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Rustamov Rustam Beknazarovich - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining Buxoro aloqa va ishorat masofasi uchastka boshlig`i, Buxoro viloyati
Egamov Maruf Mirzaxmedovich - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining Qo`qon vagon deposi vagon yig`uv sexi brigada boshlig`i, Farg`ona viloyati
O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoev






