AsosiyJamiyat

​74 NAFAR II JAXON URUShI QATNAShChILARI HAJ SAFARIGA HOZIRLIK KO`RMOQDALAR

'​74 NAFAR II JAXON URUShI QATNAShChILARI HAJ SAFARIGA HOZIRLIK KO`RMOQDALAR'ning rasmi

“Haj-2017” mavsumi ziyoratchilarining oxirgi reysida 74 nafar Ikkinchi Jaxon Urushi qatnashchilari va ularga hamrohlik qiluvchilarni safarga yuborib, birinchi reys bilan vatanimizga qaytarib olib kelish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1-2 avgust kunlari Urush qatnashchilariga biriktirilgan guruh rahbarlari faxriylarning xonadonlariga tashrif buyurib, ulardan hol-ahvol so`rab, hukumatimiz nomidan ularga ehrom (haj amallarini bajarish davrida kiyiladigan kiyim) va boshqa sovg`alar taqdim qildilar. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita Xalqaro aloqalar bo`limi xabar berdi.

O`z o`rnida Urush faxriylari ko`rsatilayotgan bunday g`amxo`rlik va e`tibor uchun Prezidentimiz va hukumatimizga minnatdorchilik izhor etmoqdalar.

O`zbekistonlik 7346 nafar ziyoratchilarni haj safariga kuzatish 7-23 avgust kunlari amalga oshiriladi.


    Boshqa yangiliklar