Bu qiz bolaligidanoq juda kam uchraydigan teri kasalligiga duchor bo`lgan, deb xabar beradi Onedio.ru nashri.

Bir kuni u bu muammo haqida qayg`urishni bas qilib, terisidagi nuqsonli joylarga kamalakning suratini chizdi. Mazkur suratlardan qizning o`zi hayratga tushdi.

1. Juda kam uchraydigan kasallik
Tanishing, bu qizcha Hindistonning sershovqin shahri bo`lgan Nyu-Deli shahrida yashovchi Kartiki Bxatnagardir. U 7 yoshga to`lganda shifokorlar unga Vitiligo, deb tashxis qo`ydi.

2. Ajoyib fikr
Bir kuni Kartikining xayoliga terisidagi nuqsonli joylarga rasm chizish fikri keldi.

3. O`z tanasiga yangicha nigoh bilan qarash

4. O`z ustida ishlash
Qiz endi o`z tanasiga boshqacha nigoh bilan qarashini tan oldi va tanasiga yanada yorqinroq suratlar chiza boshladi.

5. O`zini baxtli his qilgan Kartiki
“Ilgari o`zimga bo`lgan ishonchim juda past edi. Endi esa juda baxtliman!”, deydi Kartiki.







