AsosiyDunyo

OQ UYDAGI ISITISh VA SOVITISh TIZIMLARI TA`MIRLANIShI MUNOSABATI BILAN TRAMP TA`TILGA ChIQADI

'OQ UYDAGI ISITISh VA SOVITISh TIZIMLARI TA`MIRLANIShI MUNOSABATI BILAN TRAMP TA`TILGA ChIQADI'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning g`arbiy qanotidagi istish va sovitish tizimlari ta`mirlanishi munosabati bilan 4 avgustdan boshlab, 2 haftalik “mehnat ta`tili”ga chiqadi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

U Nyu-Jersi shtatidagi o`ziga tegishli golf-klubga jo`naydi.

Trampning ta`tili 17 kun davom etishi kutilmoqda. Bu ta`til u prezident bo`lgandan keyingi birinchisi bo`ladi.

Nashr bergan ma`lumotga ko`ra, Tramp ta`tilda bo`lganda Oq uyning g`arbiy qismida 27 yildan beri almashtirilmagan holda ishlatib kelinayotgan isitish va havoni sovitish tizimlari o`zgartiriladi.

    Boshqa yangiliklar