AsosiyJamiyat

​O`zMTRKGA YaNGI RAIS TAYINLANDI

'​O`zMTRKGA YaNGI RAIS TAYINLANDI'ning rasmi

O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga Xurshid Mirzohidov o`rniga yangi rais tayinlandi.

Milliy teleradiokompaniyaga sobiq raisning birinchi o`rinbosari Bobur Alixonov rahbar etib tayinlandi.

Bobur Alixonov 1962 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Bobur Alixonov uzoq yillar mobaynida O`zbekiston televideniesida turli lavozimlarda mehnat qilgan:

1983-2006 yy. - O`zbekiston televideniyasi «Toshkent» bosh tahririyati ma`muri, kichik muharriri, «Axborot» bosh tahririyati muharriri, katta muharriri, bo`lim mudiri, mas`ul kotibi, O`zbekiston televideniyasi yoshlar ijodiy uyushmasining direktor o`rinbosari, «Axborot» bosh tahririyati bosh muharrirning birinchi o`rinbosari, Bosh muharriri, O`zbekiston televideniyasi dasturlar bosh direktori, siyosiy sharhlovchisi, Siyosiy dasturlar tahririyati bosh muharriri, Xalqaro telekanal direktori, O`zbekiston televideniyasi bosh direktori, «Axborot» informasion dasturlar direksiyasi bosh direktori.

2006 2011 yy. - Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston milliy universiteti Oliy jurnalistika kurslari rahbar o`rinbosari.

2007 2011 yy. - Fuqarolik jamiyatini o`rganish institutining ommaviy axborot vositalari loyihasining rahbari-o`rindoshlik asosida.

2012 2013 yy. - O`zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha bosh mutaxassisi.

2014 2017 yy. - "Uzreport" axborot agentligi mas`uliyati cheklangan jamiyati "Uzreport TV" telekanali bosh prodyuseri.

2017 y. - h.v. - O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o`rinbosari.

    Boshqa yangiliklar