Xitoyning janubiy va g`arbiy tumanlarida kuchli yomg`irlar sabab yuzaga kelgan suv toshqini va er ko`chishi sababli o`n kishi halok bo`ldi, to`rt kishi bedarak yo`qoldi va 196 ming kishi jabrlandi, deya xabar beradi CCTV telekanali.
30 iyuldan 2 avgustga qadar tabiiy ofat Guandun, Schuan, Yunnan, Guychjou provinsiyalarining 17 shahriga ta`sir qildi.
To`g`ridan-to`g`ri iqtisodiy zarar 110 million yuan (16,3 million dollar)ni tashkil qildi. 800 dan ortiq bino, 6,5 ming gektar qishloq xo`jaligi erlari zarar ko`rdi.






