AsosiySport

JCh–2018 saralashi. O`zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi singapurlik hakamlarga topshirildi

'JCh–2018 saralashi. O`zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi singapurlik hakamlarga topshirildi 'ning rasmi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 10-turidan o`rin olgan O`zbekiston – Janubiy Koreya o`yiniga rasmiylarni tayinladi.

O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, singapurlik Muhammad Taqi al-Jaafari bin Jahari uchrashuv bosh hakami bo`lib ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Tzu Liang Li va Min Kiat Ronni Ko yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasini Xu Chuan Fu bajaradi.

Hakamlar nazoratchisi etib bahraynlik Jasim Muhammad Mahmud Abdulkarim tayinlandi. Uchrashuv komissari – Salmon Muhammad Namshan (Saudiya Arabistoni).

O`zbekiston va Janubiy Koreya o`rtasidagi o`yin 5 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin soat 20:00 da start oladi.

Eslatib o`tamiz, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 10-turning barcha uchrashuvlari bir vaqtda boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar