AsosiySport

GARET BEYL JAROHAT SABAB “REAL” MAShG`ULOTINI TARK ETDI

'GARET BEYL JAROHAT SABAB “REAL” MAShG`ULOTINI TARK ETDI'ning rasmi

«Real» klubi hujumchisi Garet Beyl madridliklarning «Soljer Fild» stadionidagi mashg`ulotlarida oxirigacha harakat qilolmadi. Uelslik futbolchi jarohat olganligidan xavfsiragan va mashg`ulotlarni erta yakunlagan.

Xabar qilinishicha Beyl kiyinish xonasiga yo`l olar ekan, «Real» xodimlariga to`pig`ini ko`rsatgan. Shu bilan bir qatorda futbolchi asabiy ko`rinmagan va katta ehtimol bilan mashg`ulotlarni ehtiyotkorlik yuzasidan tark etgan.

Eslatib o`tamiz, Beyl to`pig`idagi jarohat tufayli o`tgan mavsumning deyarli yarmida maydonga tusha olmagandi.

Boshqa yangiliklar