9 sentyabr kuni Toshkentning “Bunyodkor” stadionida O`zbekiston Penchak Silat federasiyasi va “Sunrise Entertainment” MChJ bilan hamkorligida “ASIAN FIGHT - 2017” xalqaro sport turniri o`tkazilishi haqida xabar bergandik.
Ayni damda mazkur turnirga tayyorgarlik juda qizg`in pallada. Turnirda ishtirok etadigan sportchilar ishtirokida rolik suratga olindi.
Tashkilotchilarning ma`lum qilishlaricha, ayni damda Anvar Boynazarov Tailandda, Mahmud Murodov Evropada tayyorgarlik ko`rishmoqda.
Tayyorgarlik jarayoni aks etgan videolar Darakchi.uz nashriga taqdim etildi.
Eslatib o`tamiz, xalqaro turnirda Jan Klod Van Damm, Jef Monson hamda Fyodor Emelyanenkolarning ishtiroki ko`zda tutilgan.






