“Milan” jamoasi rahbariyati “Chelsi” klubi hujumchisi Diego Kostani qo`lga kiritish borasida o`z umidini uzmayapti.
Italiyalik mashhur jurnalist Janluka Di Marsioning saytida ma`lum qilinishicha, milanliklar London klubi vakillari va futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan muzokaralar olib bormoqda.
Norasmiy xabarlarga ko`ra, “Chelsi” Diego Kostaning transferidan 44 mln funt sterling foyda qilmoqchi. 28 yoshli Kostaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar mo`ljallangan.






