12.11.2013 09:23
Giyohvandlik savdosi bilan shug`ullangan advokat qo`lga olindi
Jumladan, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarini sotishni o`ziga kasb qilib olgan Sh.Eshbekov jinoiy sherigi G.Bovshikov bilan 89,5 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 800 AQSh dollariga sotgan vaqtda ushlangan. Tergov davomida Sh.Eshbekovning advokat bo`lib faoliyat yuritishi aniqlangan. Bu haqda O`zbekiston respublikasi Bosh prokuraturasi [url=http://prokuratura.uz/index.php?lang=oz]xabar beradi.
Shuningdek, advokatning xizmat xonasidan 236,24 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan qo`zg`atilgan jinoyat ishining tergov natijasiga ko`ra, sud hukmi bilan Sh.Eshbekov va G.Bovshikov O`zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan aybdor deb topilib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.





