Toshkent shahridagi Hadra maydoni yaqinida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Hadra tunneli yaqinida yuz bergan mazkur hodisa suratlari ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilindi.

Ularda "Alfa-Romeo" avtomobilining tanib bo`lmas holatga kelganini ko`rish mumkin.
YTH 28 iyul kuni sodir bo`lgan. Haydovchining yozishicha, bir necha piyoda yo`lning kesib o`tish mumkin bo`lmagan qismida harakatlanayotgan bo`lgan. Ulardan ayrimlari to`xtab, avtomobillarni o`tkazib yuborgan. Kutilmaganda piyodalardan biri yugurib, yo`l o`rtasiga chiqib ketgan. Shundan so`ng haydovchi uni urib yubormaslik uchun rulni yo`l to`siqlari tomonga burib yuborgan. Oqibatda esa avtomobil yo`l avval to`siqlari, so`ng ustunga urilib to`xtagan.
Haydovchi ham,piyoda ham shifoxonaga olib ketilgan. Ularga og`ir shikast etmagan.
Haydovchining aytishicha, xavfsizlik kamari taqqani uchungina u tirik qolgan.






