AsosiyDunyo

​QOBULDA IKKITA PORTLASh BO`LDI

'​QOBULDA IKKITA PORTLASh BO`LDI'ning rasmi

Afg`oniston poytaxti Qobuldagi Iroq elchixonasida ikkita portlash bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Portlashdan birini xudkush-terrorchi amalga oshirdi. Voqea joyidan otishma ovozlari eshitilmoqda. Terrorchining ikki nafar sherigi bino ichiga kirishga harakat qildi.

Ilk portlashda bir kishi — jurnalist jabrlandi. Terakt mas`uliyatini “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi.

    Boshqa yangiliklar