AsosiyJamiyat

​“TOShShAHARTRANSXIZMAT” BOShQARUV RAISINING VIRTUAL QABULXONASI ISh BOShLADI

'​“TOShShAHARTRANSXIZMAT” BOShQARUV RAISINING VIRTUAL QABULXONASI ISh BOShLADI'ning rasmi

2017 yilning 21 iyulidan boshlab “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Anvar Jo`raevning virtual qabulxonasi ish boshladi. Endi har bir fuqaro, ko`p ming sonli Jamiyat ishchi-xizmatchilari Toshkent shahar jamoat transporti rahbari bilan qulay muloqot qilish imkoniga ega bo`ldilar.

Shahar yo`lovchi tashish transporti tizimiga oid hal etilmagan masala, muammo, ariza, shikoyat yoki takliflari bo`lgan fuqarolar murojaatni to`g`ridan-to`g`ri “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisiga 3 xil usulda: qo`ng`iroq qilish, virtual – onlayn tarzda jo`natish yoki jamiyat binosida tashkil etilgan fuqarolar qabulxonasiga bevosita kelib etkazishi mumkin.

Murojaatlar onlayn tartibda kunu-tun qabul qilinadi. Qo`ng`iroqni 233-89-21 yoki qisqa 1062 raqamli ishonch telefoni orqali amalga oshirish mumkin.

Jamiyatning www.tshtx.uz elektron manzilida joylashgan virtual.tshtx.uz saytidagi qabulxonaga muassasa faoliyati bilan bog`liq har qanday murojaat onlayn rejimida 24 soat mobaynida qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar